Айрилик
Ayriliqqa olib borgan G'URUR!!!
Xozirgi yoritib beradigan
voqeamiz aynan hayotiy
voqea bo'lib, Bunda G'urur
ustun bo'lgani uchun
ayriliqqacha olib boradi . Bu
voqeaning ham asosiy
moxiyati shundan iborat
Farida odatdagidek
toqatsizlanib Azizni
qo'ng'irog'ini kutyapti. Uy
ichida hali u burchakka
yuradi, hali bu burchakka. Har
zamonda telefon ekranini
yoqib, kibr ila qosh chimiradi-
yu, "Hih, ko'nglimni ko'chasi,
baribir qo'ng'iroq qilasanu,
ammo o'chiq bo'ladi" deydi-
yu,
telefonining qizil tugmasini
zarb bilan bosib turadi va
o'chirib qo'yadi. Hovlidagi
ba'zi chala ishlarini bitirib,
zo'rg'a 30 daqiqani
o'tkizadiyu, yugurib xonasiga
kiradi. Shoshilib telefonining
qizil tugmasini bosadi. Sms
kelishini kutadi. "Ha, hozir
keladi, hozir vam zvanili
+99866.....26 deb sms keladi"
deya telefonidan ko'z uzmay
qarab turardi. Ammo
befoyda. Shu vaqt mayin kuy
taralib sms keldi,
shoshgancha qarasa
kampaniyadan "*808# ($0.15)
tering va 1MB narxi:kunduz
kuni- $0.02, tunda...". Haaa
megabaytim chiqib turibdi
o'zi deya baqiradi u. "Bir bora
qo'ng'iroq qilsa, osmon uzilib
yerga tusharkanmi? Baribir
qo'ng'iroq qilasizu, bugun
bo'lmasa ertaga, ertaga
bo'lmasa indin, indin ham
bo'lmasa o'layotganimda..."
deydi alam bilan. Endi esa
Azizni holatini kuzatamiz.
Ertalabdan buyon ish
kursisida hafsalasizgina
o'tiribdi. Qoshini chimirib,
Faridani o'ylaydi. "Hih,
tentak" deb boshini
chayqaydi. "Odam degan ham
shunaqa bo'ladimi? Unaqa
desang bunaqa deydi, bunaqa
desang unaqa. Telefon
qilsang ham bir dard,
qilmasang ham. Nima yoqadi
o'zi u qizga?" -o'ziga o'zi
gapirib, "Bilmadim" degan
ishorada yelka qisadi.
Asabiylashib qarshisidagi
soatga qaraydi. 12:40, lekin
bir marta ham eslamadi.
Qo'ng'iroq qilsammikan, e
yo'q o'zi qilsin. Ertalab 3
marta "Buyurmadi baxt"ni
eshitdim. Buyurmadi baxtga
balo bormi? Seni sevaman
degan birortasini topib qo'y.
Yo'o'o'q, u albatta meni
asabimga tegishi kerak, yoki
o'sha Shaxzodmi, balomi
battarmi, shunisini
unutmadimikan? 3 yildan
buyon shu ahvol. Nuqul u
kishimga
yalinishim kerak. Ufff, bu
ahvolda Aziz uzoqqa
bormaydi. 30ga chiqmay
tamom bo'laman, ichimdan
chiriyapman o'zi. Shu vaqt
eshik ochilib, hamkasbi
Farxod kirib keldi, ammo u
parvo ham qilmadi.
-Aziz, kim bilan
gaplashyapsan?
-Nima?
-Nimamas, kim bilan
gaplashyapsan deyman.
-A?
-Tavba, isitmang yo'qmi?
-Nima edi?
-Yo, davom etuvir, biz
tushlikka chiqyapmiz,
chiqsang yur.
-Yo, ovqat yemayman, e
to'xtanglar, boraman. -deya
tosatdan fikri o'zgarib qoldi
va ketar chog'i telefoniga
qarab
gapirdi "Baribir telefon
qilasan- ku, ammo men
ko'tarmayman, Tuuuuut -
tuuuuuut degan musiqa
eshitasan hahahaha" dedi.
-Nega telefonga qarab
gapirding
Aziz? - qiziqib so'radi Farxod.
-Qoldirib ketyapmanda,
bo'lmasa qo'ng'iroq qilsa
qo'limda bo'lsa javob berib
qo'yaman, qaytar dunyo
qilyapmanda Farxod. Farxod
esa "Hech nimaga
tushunmadim" degandek
ko'zini katta - katta ochib,
labini burib,
yelka qisdi.
Tushlik bir yarim soatga
cho'zildi. Azizni xayoli esa
xonasida qolgan telefonda,
"Necha marta telefon qildi
ekan, rosa jig'ibiyroni
chiqayotgandur, battar
bo'lsan!" Xonasiga kirib, ish
stoliga o'tirar ekan,
telefonining tugmachasini
bosdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki,
sakkizta javobsiz qo'ng'iroq,
bitta sms. Miyig'ida kuldida,
g'olibona
g'urur tuydi dilida va
telefonida "Open" tugmasini
bosdi. Mana shu yerda
Uahahaha devorish kerak.
Chunki, 2marta o'rtog'i Jasur,
3marta oyisi, 5marta
qo'shnisi Bobur qo'ng'iroq
qilibdi. Yuzi o'z o'zidan qip-
qizil bo'lib ketdi, qo'llari
musht bo'lib tugildi, tili ham
jim turmasdan: Ming lanat
dedi. Smsni ochdi MCHS
yo'qlabdi. O'ziga o'zi
"Battar bo'l Aziz" dedi. Odam
ham shunaqa bo'ladimi,
aybini bilib bir marta aqalli
sms yozsin. Bitta nuqta
yuborsin, e yo'q nuqta
yaxshimas, yaxshisi bitta
vergul junatsin... Yooo uni
haqqi ketib qoladi. Shu vaqt
oyisi yana qo'ng'iroq qilib
qoldi. -Labbay oyi. -O'g'lim,
nega qo'ng'irog'imga javob
bermaysan? Tez kel bobongni
yana tobi qochib qoldi
(Oyisining dadasi). - oyisining
ovozida dard bor edi. -Xo'p
oyi, xo'p hozir. Yetib borgach,
bobosini oldiga kirdi. Bobosi
Azizni qo'lidan tutib: -Azizjon,
sen mening to'ng'ich
nabiramsan, ishonganim sen.
Senga bir iltimosim bor, men
sening to'yingni ko'rishni
istayman. Ko'zim ochig'ida,
Gulzeraga uylansang,
armonsiz o'lardim bolam. Aziz
qo'lini shart tortib oldi. -Bu
nima deganingiz bobo.
Gulzera xolamni qizi-ku, buni
ustiga endigina 15ga kirgan. -
Bolam, bobongga gap
qaytarma! -gapga aralashdi
onasi. -Xo'p uylanaman, lekin
Gulzeraga emas, axir u
singlim-ku bobo. Shermat
bobo ters qarab yotib oldi va
"O'layotgan bobongni gapini
ikki qilding-a bolam" deb
yig'lay boshladi. U deyishdi,
bu deyishdi, xullas Azizni
ko'ndirishdi. Oradan 2 kun
o'tdi. Farida esa ovqat
pishiryapti. Hayolan Azizga
turmushga chiqqanini, uning
uyida Aziz uchun ovqat
tayyorlayotganini, shu yerda
ham u bilan tortishayotganini
ko'z oldiga keltirdi. "Exx,
bilmaysizda, sizni qanchalar
sevishimni, bilsangiz edi... Siz
esa nuqul ozor berasiz, bir bor
qo'ng'iroq qilsangiz nima
qilardi, endi javob
bermayman, ishoning
umuman javob bermayman
qo'ng'iroqlaringizga." Shu
vaqt telefoning ekranida u
uchun
sevimli bo'lgan chexra
ko'rindi, telefoni esa mayin
kuy tarata boshladi. Farida
qanday qilib ko'tarib, qanday
"Alo" deganini bilmay qoldi.
Sevganining ovozida dard bor
edi. -Aziz, sizga nima bo'ldi?
Tinchlikmi? -Haaa, jonim
tinchlik. Bilasanmi, men seni
qanchalar sevishimni...?
Yo'o'o'q, bilmaysan,
bilganingda bunchalar
beg'aaam
yurmasding. Seni Azizing bir
haftadan keyin boshqasiga
uylanyapti. Qo'shni turishimiz
yodingdami? Endi
qanday chidaysan, har kuni
uying oldidan u bilan o'tib
ketsam qanday dosh berasan
gulim? Ha sen juda sabrlisan,
qo'ng'iroq qilmagunimcha
chidaysan... Balki bunga ham
ahamiyat bermassan. Sen
yutding, men qo'ng'iroq
qilib qo'ydim... Baxtli bo'l,
Alvido! tut- tut-tut-tut. Bular
bir-biriga tinimsiz ozor berib,
Xudoning qaxriga
uchradimikan, Siz nima deb
o'ylaysiz? Qanday fikrdasiz
saytdoshlar?

Filmlar, Kliplar va boshqa Fayllarni Ko'chirib/Download qilib olmoqchi bo'lsangiz: Internet Download Manager ni sizga Tavsiya etamiz!
Serverdagi Nosozliklar Tufayli Ayrim Kinolar Faqat (Mozilla Firefox) Brauzerida Ko'rsatayabdi.
Agar Sizda Mozilla Firefox Brauzeri Bo'lmasa Uni O'rnatib Oling.Agar Mozilla Firefoxda ham Kinolar Ko'rsatmasa Adobe Flash Playerni O'rnating.Marhamat Pastdagi Rasmlarga Bosgan Holda Ushbu Programmalarni O'rnating.