Insonning fe’l –atvorini,
ayni damdagi kayfiyatini bir qaraganda bilish qiyindek tuyuladi.
Rostdan ham shunday. Oramizda shunday odamlar borki, ularning fe’li
–saviyasini, ma’naviy dunyosini , harakterini yurish – turishidan,
gaplaridan, gapirish ohangidan bilib olish nihoyatda mushkul. Ammo,
vaziyat taqozo etganda biz ular bilan muloqot qilishimiz, zarur
bo’lganda ichki dunyosini ochishimiz kerak bo’ladi. Ho’sh, bunday
vaziyatlarda nima qilishimiz lozim? Xar doim birinchi bo’lib beriladigan
maslahat bu – kuzatishdir. Agar
yaxshilab kuzatib tursangiz, xar qanday insonning ayni damdagi
kayfiyatini uning imo – ishoralaridan ham bilib olasiz. Masalan, telefon
orqali gaplashayotgan odamga bir oz e’tibor bering. Uning imo -
ishoralari ayni vaqtdagi kayfiyatini va suhbatdoshiga bo’lgan
munosabatini bildirishi mumkin.
1 – ko’rinishi.
Telefon
go’shagini qulog’iga qistirib olib, oldidagi qog’ozga qalam yoki ruchka
bilan rasm chizayotgan odamga gaplashilayotgan mavzuning umuman qizig’I
yo’q. U hayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi. Hatto ayrimlar
suhbatdoshini umuman eshitmayotgan chiqadi. Bunday holatni majlis yoki
yig’inlarda ko’rish mumkin.
2 – ko’rinish.
Telefonda
gaplashayotgan odam sigareta chekib turgan bo’lsa va gaplashayotgan
mavzu uni qiziqtirsa, u sigaretasini og’zidan oladi. Shuningdek
go’shakni qulog’iga mahkamroq tutadi. Agar jahli chiqsa sigaretani yana
tutashtishni boshlaydi yoki chekib bo’lmasa ham uni kuldonga qattiq
botirib o’chiradi.
3 – ko’rinish.
Qizlar
o’zlari yoqtirgan yigit bilan gaplashayotganlarida tinmay ko’zguga
qaraydilar. Ba’zilari esa qo’llari bilan yuz ko’zlarini tez-tez
berkitib, silab turadilar. Engiltabiat qizlatga yigiti qo’ng’iroq
qilganda, ular pardoz qilishlari mumkin. Shu bilan birga ular
sochalarini tarashlari, lablariga moybo’yoq surishlari ham ehtimoldan
holi emas.
4 – ko’rinish.
Telefonda
gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun bo’lsa, stulda chayqalishi mumkin
Bu uning o’ziga ishonishidan, muammolar bo’lsa, bemalol hal eta
olishidan ham darak beradi.
5 – ko’rinish.
Gaplashayotganda
stol tortmalarini ochib – yopaverish, nimalarnidir qidirishga harakat
qilish insonning nimanidir o’ylayotgani, muammoning echimini topishga
harakat qilayotganini ko’rsatadi. Bunday holatga hato qilib qo’ygan va
boshlig’ining bunga javobini kutayotgan hodimlar ham tez – tez tushib
turadilar.
6 – ko’rinish.
Telefonda
gaplashayotgan odamning birdaniga o’rnidan turib ketishi biror yaxshi
yoki yomon habarni eshitganidan darak beradi. Agar telefonda
gaplashayotgan odam o’tirgan joyidan sekin turib, u yoqdan bu yoqqa
yuraversa, demak, suhbat uning joniga tekkanini va u suhbatdoshi bilan
tezroq hayrlashish istagida ekanligini bilish mumkin.
7 – ko’rinish.
Agar
ayol kishi yerga o’tirib yoki palosga yotish gaplashayotgan bo’lsa,
bilaveringki, u dugonasining diydiyolarini eshitayotgan bo’ladi. Agar
go’shakni qo’li bilan berkitib, bir nimalarnidir pichirlayotgan bo’lsa,
demak, unga o’zining shaxsiy hayoti haqidagi « qaynoqqina » habarlarni
yetkazayotgan yoki uchinchi dugonasining ohirgi « sarguzasht » ini
so’zlayotgan bo’ladi.
8 – ko’rinish.
Erkaklar
oshna – og’aynilari, yaqinlari bilan gaplashayotganlarida odatda qattiq
gapiradilar, kuladilar. Notanish ayollar bilan esa sekinroq va
muloyimroq gaplashishga harakat qiladilar. Shunga qarab ular aynan ayol
kishi bilan gaplashayotganlarini bilib olish mumkin. Ishi yurishmay
turgan erkaklar telefon apparatini ko’tarib olib, u honadan bu honaga
o’tib yurib gaplashadilar. Agar ishlari yana bitmaydigandek bo’lsa
go’shakni « qars » etkazib qo’yib qo’yadilar.

Filmlar, Kliplar va boshqa Fayllarni Ko'chirib/Download qilib olmoqchi bo'lsangiz: Internet Download Manager ni sizga Tavsiya etamiz!
Serverdagi Nosozliklar Tufayli Ayrim Kinolar Faqat (Mozilla Firefox) Brauzerida Ko'rsatayabdi.
Agar Sizda Mozilla Firefox Brauzeri Bo'lmasa Uni O'rnatib Oling.Agar Mozilla Firefoxda ham Kinolar Ko'rsatmasa Adobe Flash Playerni O'rnating.Marhamat Pastdagi Rasmlarga Bosgan Holda Ushbu Programmalarni O'rnating.