Меню сайта
© Главная страница
© Ислам
© Форум
© Онлайн Радио
© Стол заказов  
© ЧАТ
© Фотоальбомы
© Стихи
© Мультфильмы
© Онлайн Игра
© Видеолар
© Tv & Radiyo
© Mp3-Скачать


Категории фильмов и Новости
Ошпазлик / Oshpazlik sirlari
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Киргиз фильмы/Kirgiz Kino
Документальные / Hujjatli
Туркча фильмы/Turk Kino
Тожик фильмы/Tojik Kino
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Корейс Кино/Kores Kino
Трейлер / Filmga Treyler
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
Военный/Harbiy Kino
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Детский/Семейный
Триллер / Hayajonli
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Сериалы / Seriallar
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Исторические
Криминал
Мистика
Разное / Har hil
Узбек кино 2016

Реклама


Tv-Radiolar


Миничат

Фотогалерея

Главная » 2013 » Март » 13 » Шириндан Шакар болажонлар учун Ширин таомлар / SHirindan shakar bolajonlar uchun shirin taomlar!!
23:54

Шириндан Шакар болажонлар учун Ширин таомлар / SHirindan shakar bolajonlar uchun shirin taomlar!!

Шириндан Шакар болажонлар учун Ширин таомлар / SHirindan shakar bolajonlar uchun shirin taomlar!!

Bola 6 oyga q'adar ona suti bilan oziq'lanadi. Undan keyingi davrdan boshlab q'o'shimcha taomlar berish tavsiya q'ilinadi. Har qanday qo'shimcha taomlarni ilk bor berishni ozgina miq'dordan boshlash lozim va albatta vrach-pediatr bilan maslahatlashish darkor. Q'uyida biz sizlarga bolangizga ana shunday taomlar ro'yxatini taklif etamiz. Har bir taomni bolaning istak va xohishlarini inobatga olgan holda tayyorlang. Ba'zi taomlar yoq'masligi mumkin, ba'zilari aksincha, ba'zilarini esa o'z istagingizga ko'ra q'isman o'zgartirishingiz ham mumkin.

• 6 oylik bola uchun
Kabachokdan tayyorlangan pyure

1 dona kichik kabachok
1 ta kichik kartoshka
1 choy q'oshiq' zaytun yoki o'simlik yog'i, yoki sut
Sabzavotlarni po'stlog'idan tozalang va
bug'da pishirib oling. Yog' yoki sut bilan ta'mini rostlang.

Sabzi va kabachokdan tayyorlangan muss
120 gr. sabzi
150 gr. kabachok
1 osh q'oshiq' o'simlik yog'i
Sabzavotlarni mayda q'ilib to'g'rang, bug'da pishiring. Pyure tarzida ezing va yog'ni q'o'shing.
Ushbu usulda pyurelarni turli xil sabzavotlardan tayyorlashingiz mumkin: sabzi, kabachok, patisson, gulkaram, brokkoli, karam.
Tayyor pyureni ko'pincha bola uchun ko'plik q'iladi, bunday holatda siz, ushbu pyureni bolaga berishdan avval ortig'ini idishchalarga solib muzlatgichda muzlating, so'ng ularni olib paketchalarga solib chiq'ing, ustiga tarkibi va sanasini yozib q'o'ying, bunday pyurelarni 1 oylik muddat davomida saq'lashingiz mumkin. Bolaga berishdan avval esa, muzlatgichdan olasiz, bir idishga solib, bug'da isitib olishingiz mumkin.

7 oylik bola uchun
Olma va q'ovoq'li bo'tq'a - pyure
150 gr. q'ovoq'
1 dona olma
1 choy q'oshiq' fruktoza
1 osh q'oshiq' yorma (suli, grechka, guruch)
yarim stakan sut
tuz
Q'ovoq' va olmani tozalaysiz, bo'laklarga bo'lib, bug'da pishirasiz. Bo'tq'ani tayyorlang. Q'ovoq' va olmani sito yoki go'shtq'iymalagichdan o'tkazing. Fruktozani q'o'shing va q'aynash darajasigacha ushlab turing. Q'aynashi bilan olovdan oling va pyureni sovuting, saryog' q'o'shishingiz ham mumkin. Pyureni bo'tq'a bilan aralashtiring.

Olmadan tayyorlangan pyureli sho'rva
100-150 gr. olma
1 osh q'oshiq' guruch
1 osh q'oshiq' fruktoza
4 g. korica
Olma o'rtasini tozalab, duxovkada pishirib oling. Sovutib, ustki po'stlog'idan tozalang va sitodan o'tkazing. 1 stakan suvni q'aynating, fruktoza, korica va guruchni soling.

Tayyor bo'lguncha pishiring. Guruchni ham sitodan o'tkazing, olma pyuresi bilan aralashtiring. Bug'da bir oz pishiring.

Guruchli bo'tq'a

250 gr. sut
2 osh q'oshiq' fruktoza
vanilin
yarim piyola guruch
mayiz
Sut va fruktozani idishga solib, aralashtiring. Ustiga mayiz, vanilin q'o'shib, q'aynash darajasiga yetkazing. Q'aynab turgan sutga guruchni solib, uni pishiring. Pishgandan so'ng olovdan olib sovuting. Mayizning o'rniga o'z istagingizga ko'ra, boshq'a q'uruq' yoki xo'l mevalardan solishing mumkin.

Q'ovoq' va kartoshka
70 g. kartoshka
70 g. q'ovoq'
sut
Kubik shaklida to'g'ralgan sabzavotlarni 300 ml. suvda, past olovda pishirib oling. Mikser yoki blenderda ko'pirtirib oling. Sut bilan aralashtirib, yog' q'o'shing. Tvorog yoki apel'sin sokini ham q'o'shishingiz mumkin.

• 8 oylik bola uchun
Meva va guruchdan tayyorlangan puding
50 gr. guruch
100 ml. sut
100 ml. suv
1 dona bedana tuxumi
12 gr. fruktoza
15 gr. mayiz
20 gr. cukat
5 gr. saryog'
Guruchli bo'tq'ani tayyorlab oling. Tuxum sarig'i, yuvilgan mayiz, maylangan cukatlar va ko'pirtirilgan tuxum oq'ini soling. Yog' surtilgan formalarga solib chiq'ing va duxovkada pishirib oling.

Q'ovoq' va olmadan tayyorlangan puding
200 gr. q'ovoq'
130 gr. olma
20 gr. q'aynatilgan guruch
10 gr. fruktoza
20 gr. smetana
1 dona bedana tuxumi
Yirik tyorkada q'ovoq' va olmani o'tkazib oling. Guruch, fruktoza, smetana va ko'pirtirilgan tuxum bilan aralashtiring. Yog' surtilgan formalarga solib chiq'ing va duxovkada pishirib oling.


Sabzavotlardan tayyorlangan pyure
sholg'om
kartoshka
sabzi
no'xat
shpinat
ko'k piyozning boshi
zaytun yog'i
petrushka
Barchasini idishga solib yog'da yumshagunicha dimlang. Blenderda aralashtirib oling va ta'bga ko'ra tuz soling.

Q'ora smorodinadan tayyorlangan kisel'

6 choy q'oshiq' smorodina
4 choy q'oshiq' fruktoza
1 choy q'oshiq' kartoshka uni
200 ml. suv

Smorodinani siq'ib, 5-10 daq'iq'a q'aynating, bir oz muddat tursin. Q'aynatilgan suyuq'likka fruktozani soling, q'aynating, suvda aralashtirilgan kartoshka unini ham q'o'shing. Yuq'oridagi smorodina sokini ham q'o'shing. Sovuting oling.


Q'uruq' mevalardan tayyorlangan kompot
4 osh q'oshiq' q'uruq' mevalar
1,5 choy q'oshiq' fruktoza
320 ml suv
Q'uruq' mevalarni q'aynating, sitodan o'tkazing. Kompotga fruktozani q'o'shing va q'aynash darajasiga yetkazing.

• 9 oylik bola uchun
Sabzavotli pyure-sho'rva
120 gr. go'sht (tovuq', yog'siz mol go'shti)
200 gr. kartoshka
400 gr. sabzi
ko'kat
Go'shtni go'shtq'iymalagichdan o'tkazasiz. 0,5 l. suv q'uyib, 1 soat davomida q'aynatasiz.
Sabzavotlarni q'aynatib, maydalang. Go'shtdan tayyorlangan bul'onni tindirib,
Sabzavotlarning pyuresini q'o'shing. Q'aynatib oling.

Olmali tovuq'
1 dona olma
bir bo'lak tovuq' filesi
yarim choy q'oshiq' saryog'
1 choy q'oshiq' limon soki
Olmalarni tozalang, bo'laklarga bo'lib chiq'ing. Tovuq' filesini maydalab to'g'rang. Ozgina suvda olmalarni dimlang. Suvga yog'ni solib tovuq' filesini ham dimlang. Olmalarni vilka bilan ezib, tovuq'q'a aralashtiring. Limon sokini q'o'shing.



Tovuq' go'shtidan tayyorlangan sufle
tovuq'
1 ta tuxum
oq' non
3 osh q'oshiq' sut
1 osh q'oshiq' saryog'
Tovuq' go'shtini tuzsiz pishiring. Tayyor bo'lgan go'shtni go'shtq'iymalagichdan o'tkazing.
Oq' nonning yumshoq' joyini 1-2 osh q'oshiq' iliq' sutda iviting. Tovuq' go'shti va nonni yana bir marta go'shtq'iymalagichdan o'tkazing mikser yoki blenderda aralashtiring. Tuxum oq'ini ko'pirtiring. Tuxum sarig'ini soling, sut, tuxum oq'i, saryog' solib, ta'bga ko'ra tuzini rostlang. Tayyor bo'lgan masalliq'ni yog'langan formaga solib, duxovka yoki bug'da pishiring.

Sousli pishirilgan sabzavotlar

1 dona pomidor
kabachok
sabzi
5 boshoq' ko'k no'xat
yarimta avakado
1 osh q'oshiq' apel'sin soki
yarim choy q'oshiq' limon soki
Kichik hajmli sabzi va kabachokni solomka ko'rinishida to'g'rang. Fasolning yonlarini kesib tashlang. Sabzi va fasolni q'aynab turgan suvda 12 daq'iq'a q'aynating. 5 daq'iq'aga kabachokni soling. Sovuting. Pomidorni urug'laridan tozalang, uni mayda bo'laklarga kesing. Avakadoni vilka bilan ezib, apel'sin va limon soklari bilan aralashtiring. Sousni tarelkaga solib, pomidor bilan bezang, atrofiga sabzavotlarni tering.

Ko'k no'xatdan tayyorlangan pyure-sho'rva

1 osh q'oshiq' guruch
2 osh q'oshiq' ko'k no'xat
2 choy q'oshiq' saryog'
1 stakan suv
tuz

Guruchni pishirib oling. Issiq' holatida no'xatni q'o'shib, suyuq'ligi bilan sitodan o'tkazib oling. Yoki go'shtq'iymalagichdan o'tkazing. Q'aynash darajasiga yetkazing va saryog' bilan ta'mini yaxshilang.

Sparjali tovuq' filesi
15 dona sparja
30 gr. tovuq' filesi
1 osh q'oshiq' smetana
zaytun yog'i

Sparjaning yuq'ori q'ismini kesib tashlang. Tovuq' filesini bo'laklarga kesing. Idishga go'shtni va sparjani solib, 0.5 litr suv q'uyib, 15 daq'iq'a davomida q'aynating. Zaytun yog'ini smetana bilan aralashtiring. Sousni tovuq' va sparjaning ustiga q'uying.

• 10 oylik bola uchun
Q'o'y go'shti bul'onidagi yashil fasol'
yashil boshoq'li fasol'
1 ta kartoshka
20 gr. yog'siz q'o'y go'shti
zaytun yog'i
sedana

Fasolni bo'laklarga, kartoshkani esa to'rtga bo'ling. Go'shtni sedana solingan sovuq' suvga soling va q'aynatib pishiring. Fasol', kartoshkani soling va 10-15 daq'iq'a pishiring. Go'shtni tashq'ariga olib, tindiring. Blenderda aralashtiring va zaytun yog'ini q'o'shing.


Go'shtli zapekanka
1 dona kartoshka
30 gr. go'sht farshi
30 gr. saryog'
2-3 ta chabres bargi
1 shoxcha rozmarin
1 dona chesnok
1 osh q'oshiq' smetana
Kartoshkani q'aynatib pishirib oling va smetana bilan aralashtiring. Farshning ichiga mayda q'ilib to'g'ralgan chabres va rozmarinni soling. Yog' solingan suvda 5 daq'iq'a dimlang. Forma ichiga chesnokni q'irg'ichdan o'tkazing va saryog' bilan surtib chiq'ing. Formaga avval farshni, undan so'ng ustidan kartoshka pyuresini soling, ustidan saryog'ni q'irg'ichdan o'tkazing.


• 11 oylik bola uchun
Sabzavotli q'o'y go'shti
q'ovurg'ali q'o'y go'shti
1 dona kartoshka
1 ta sel'derey ildizi
yarimta sabzi
1 ta piyoz
chesnokning bitta boshog'i
chabres
yarim choy q'oshiq' saryog'
2 ta shoxcha petrushka
Sabzavotlar kubik shaklida to'g'raladi, so'ng maydalangan chesnok solasiz. Go'sht va sabzavotlarni dimlang, ustidan chabres sepib q'ozon q'opq'og'ini yopib, 15 daq'iq'a davomida dimlashda davom eting. Tarelkaga solib, ustidan mayda to'g'ralgan petrushkani seping. So'ng bolajonga tortiq' etishingiz mumkin.

Sousli makaron
30 gr. makaron
20 gr. farsh
tim'yan/shalfey
piyoz
20 gr. q'aymoq'
Piyozni mayda shaklda to'g'rang. Farshga tim'yan shoxchasi yoki shalfeyning 2-3 yaprog'idan tashlang. So'ng farshni aralashtiring. Farshni dimlab oling. Makaronni tuzlangan suvda pishirib oling. Farsh bilan aralashtiring. Q'aymoq'ni q'o'shib yana dimlang.

• 12 oylik bola uchun
Porey piyozida pishgan kambala
1 dona porey piyozi (oq' q'ismi)
30 gr. kambala
1 ta kartoshka
3 tomchi limon soki
1 kichkina q'oshiq' zaytun yog'i
Piyozni maydalang. Kartoshkani mayda q'ilib to'g'rang. Sabzavotlarni 10 daq'iq'a suvda q'aynatib oling. Fol'gaga kambalani, sabzavotlarni q'o'ying, limon soki va zaytun yog'ini ustidan q'uying. Duxovkada 180 gr. 6 daq'iq'a davomida pishiring.


Sparjali tovuq' filesi

15 dona sparja
30 gr. tovuq' filesi
1 osh q'oshiq' smetana
Zaytun yog'i
Ziravorlar (bazilik, mayoran)
Sparjaning yuq'origi q'ismini kesib tashlaysiz. Tovuq' filesini bo'laklarga bo'lib chiq'asiz va skovorodkaga terib, sparjani q'o'shasiz. 0,5 l. suv q'uyib 15 daq'iq'a davomida pishirasiz. Smetana, yog' va ziravorlarni aralashtiring. Ushbu sousni tovuq' ustidan q'uyib, 2 daq'iq'a davomida dimlang.

Bug'da pishirilgan omlet
3 dona bedana tuxumi
yarim stakan sut
yarim choy q'oshiq' saryog'

Tuxumni ko'pirtiring, sutni va saryog'ni soling, ta'bga ko'ra tuz seping. Formaga q'uying va bug'da pishirishga q'o'ying.






Kino ko'rsatmayabdimi?U holda Shu Yerga bosing va ishlamayotgan kinoning to'liq nomini yozib qoldiring.

Filmlar, Kliplar va boshqa Fayllarni Ko'chirib/Download qilib olmoqchi bo'lsangiz: Internet Download Manager ni sizga Tavsiya etamiz!

Diqqat !

Serverdagi Nosozliklar Tufayli Ayrim Kinolar Faqat (Mozilla Firefox) Brauzerida Ko'rsatayabdi.
Agar Sizda Mozilla Firefox Brauzeri Bo'lmasa Uni O'rnatib Oling.Agar Mozilla Firefoxda ham Kinolar Ko'rsatmasa Adobe Flash Playerni O'rnating.Marhamat Pastdagi Rasmlarga Bosgan Holda Ushbu Programmalarni O'rnating.

Категория: Ошпазлик / Oshpazlik sirlari | Просмотров: 4616 | Добавил: dikaya | Теги: | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход/Выход


Поиск по сайту

Календарь
«  Март 2013  »
Дш Сш Чш Пш Жм Шб Яш
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Янги Кинолар

Yangi Multfilmlar

Друзья сайта



Активный News Maker

uzgetcom[1434]


dikaya[564]

AdMiNka[370]

NuR[76]

UZREAL[50]

Гордость портала








uzgetcom

Пол: Еркак
Новостей : 1434
Бош Админ










bomayabtiyu

Пол: Айол
Новостей : 625
Фойдаланувчи










dikaya

Пол: Айол
Новостей : 564
Фойдаланувчи










AdMiNka

Пол: Айол
Новостей : 370
Фойдаланувчи



Статистика

Барча Сайтдегилар: 1
Мехмонлар: 1
А'золар: 0





© UzCinemaX.CoM 2012-2013 |  |
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра. Обращение к пользователям