Xamiriga:
* Un-200 gr.
* Issiq suv - 120 ml.
* Bir chimdim tuz
Qiymasi:
Xohishga ko`ra.
Un bilan suv(suvning issiq solinishiga sabab, xamir yumshoq chiqadi)dan yumshoq xamir qoriladi. Qiyma tayyorlaguncha tindirib qo`yiladi.
Tayyorlanishi :
1.Tingan xamirni ikki zuvalachaga ajratib, birini yoyib, yoyilgan
xamirni 4 dan 3 qismiga qiyma solamiz va qiymagacha bo`lgan qismini
ortasidan kesamiz.

2. Xamirni kesilgan qismi bilan,xamirimizni chap taraf pastki qismini yopamiz va chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.

3. Endi shu yopilgan chap taraf xamirimiz bilan qiymalik o`ng tarafi yopiladi. Chetlari yopishrilidadi.

4.O`ng taraf pastki yopilgan xamirni yuqorida qolgan qism ustiga qo`yib, chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.

5. Qo`llarimiz bilan xamirni chetidan sal aylantirib, aylantirib zuvalacha shaklini beramiz

6. Tavamiz kattaligi(o`rtacha kattalik, tarelkadan sal kattaroq)da yoyamiz(qalin deb qo`rqmaymiz, baribir pishadi.)

7.Tavaga 1 qoshiq saryog` solib, baland olovda tavani qopqog`i
ochiq holda 20 sekund pishirib, tavani qopqog`ini yopib, olovni
o`rtachadan sal pastroq qilib, timerni roppa rosa 2 minutga qo`yamiz. 2
minutdan keyin, nonni aylantirib, ikkinchi tomoniniyam roppa rpsa 2
minut tavani qopqog`i yopiq holda pishiramiz.

8.Ikkinchi zuvalachaniyam huddi shunaqa tarzda pishirib olamiz va ustma ust qo'yib*, 4 bo'lakka bo'lib yiymiz:))

Yoqimli ishtaha!!!
