
Hamriga:
1 st iliq suv
2 ta tuhum
1 chimdim tuz.
1/3 st o'simlik yogi.
5 st un ketti menda.Yumshoq hamr bo'lgunchada.
Kremiga.
1 litr sut
1 st un
1 st shakar
Siropiga
2 st shakar
2 st suv Men siropni 1 st suvga 1 st shakar qildim.Chunki baklavalarni shirasi menga rosa ko'p tuyuladi.
Tayyorlanishi.
Hamma narsani solib yumshoq hamr qoramiz.Tayyor hamrni 8 bo'lakka bo'lamiz.
Endi kremni tayyorlemiz.ketadigan narsalarni hammasini solib unlari yahshilab aralashadigan qilib aralashtiramiz.o'rta olovda 1 qaynatib olamiz.Qo'yiq bo'ladi.
Hamrlarni yoyamiz 1 chisini yoyib qolpga qolamiz Margarin yoki sl masla suramiz ustidan 2 chi hamrni yoyib solamiz,shu tariqa 4 ta hamrni ustma ust qilamiz.va ustiga kremimizni solamiz.keyin 5 chi hamrni yoyamiz,Ustini yana yoglemiz 6 chi hamrni qo'yamiz.Shunaqa qilib hamma hamrni tugatib bo'lgach hamrni ustini yoglav kesib chiqamiz.Pichoq botirib chiqdim Uzulguncha kesmadim.

Keyin duhovkaga 375 F da qizarguncha pishiramiz.
Pishib chiqqach ustidan siropni quyamiz.
suv bn shakarni qaynatamiz.sovuganidan keyin quyamiz.
Hohlovchilar cak-chakni siropini quysa ham bo'ladi.