
Bu
Tunischa loviyali kuskus. Yaqinda tunis oshhonasi kitobini olgandim
shunaqa zo'r ham mazali ham foydali ovqatlari borakan, ilgari tunis
ovqatlari haqida bilmagandim, turk oshxonasiga yaqinakan, endi birma bir
qilib ko'ryapman. Ularni oshhonasida bulgur, loviya, no'hot, yasmiq,
ko'katlar va pomidor ko'p ishlatilarkan, ayniqsa kuskus ko'p. Go'shtsiz
tuhumli taomlariyam bor har hil.
Bu taom quyidagicha qilinadi:
1.Kuskusga
ozgina zaytun yog;i aralashtirib va suv solib 15daqiqacha parda
pishiriladi yoki 10daqiqa past olovda qozonchada pishiriladi.
2. Ozgina zaytun yog'i yoki o'zimlik yog;ida piyoz va maydalangan chesnok qovurib olinadi.
3. Pomidor yoki pomidor puresi, tuz, suv va zirovarlar solib aralashtiriladi.
4. Avval bir necha soatda suvga bo'ktirib qo'yilgan qizil loviya qaylaga solinib yumshab pishguncha dimlanadi ustini yopib.
5. Pishishiga yaqin qaylaga tuhum chaqiladi va aralashtirilmay shundo pishadi tuhum qayla ustida.
6. Kukusni laganga solib ustiga avval qayla suvi quyiladi, so'ng donlari solinadi.
Taomni limon va ko'katlar bilan dasturhonga tortiladi.
Kuskus hamma joyda topilmaydi shunga o'rniga guruchdan foydalanilsa bo'ladi.

Filmlar, Kliplar va boshqa Fayllarni Ko'chirib/Download qilib olmoqchi bo'lsangiz: Internet Download Manager ni sizga Tavsiya etamiz!
Serverdagi Nosozliklar Tufayli Ayrim Kinolar Faqat (Mozilla Firefox) Brauzerida Ko'rsatayabdi.
Agar Sizda Mozilla Firefox Brauzeri Bo'lmasa Uni O'rnatib Oling.Agar Mozilla Firefoxda ham Kinolar Ko'rsatmasa Adobe Flash Playerni O'rnating.Marhamat Pastdagi Rasmlarga Bosgan Holda Ushbu Programmalarni O'rnating.