Masalliqlar:
-100gr margarin
-0.5stakan shakar
-1dona tuxum
-100gr shokolad maydasi
-2dona banan
-2stakan+2osh-q un
-2osh-q pishiriq kukini(baking powder, razrixlitel)
Tayyorlash:
Margariinni eritib,biroz sovutamiz va shakar solib vilkada yaxshilab aralashtiramiz

So’ng tuxumni solib, yana aralashtiramiz.

Bananni avval vilkada ezib olib, so’ng aralashmaga solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Endi shokolad bo’lakchalarini solib, biroz aralashtiramiz.

Masalliqqa un va pishiriq kukunini solib hamir qoramiz, hamirimiz qo’lga yopishadigan bo’ladi

Hamirdan qoshiqda olib, listga quyib chiqamiz.

180Cda
qizigan duxovkada avval pastki qismini yoqib, 10-15minut qizartirib,
so’ng yuqori qismini yoqib qizarguncha (10minut) pishiramiz.

Pishgandan so'ng hohishga ko'ra shakar kukuni sepishingiz ham mumkin
Maslahatlar:
1. Shirinlikni uyingizda shokolad bo’lmasa ham pishirishingiz mumkin.
2. Banan yaxshi pishgan bo’lsa keks yaxshi chiqadi(po’stlog’I qoraygani yaxshi pishgani hisoblanadi)
3. Agar
duxovkaning yqori qismi ishlamasa ham zarari yoq, keks osti
qizargach,olovni 160Cga pasaytirib, yuqori qismiga olamiz, keksni usti
unchalik ham qizarishi shart emas, yaxshi pishib chiqadi